“Arsenal” yarim himoyachisi Muhammad al-Nennining Misrdagi dala-hovlisida noma’lum shaxsning jasadi topildi. Bu haqda “24.ae” internet nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, jasadni ko‘rgan futbolchining otasi politsiyaga xabar bergan.
Misr jinoyat qidiruv xizmati mazkur holat yuzasidan tergov ishlarini boshlab yubordi.
Ma’lumot uchun, misrlik futbolchi 2016-yilning yanvar oyidan buyon “Arsenal” safida to‘p suradi. “To‘pchilar” yarim himoyachini Shveysariyaning “Bazel” klubidan 5 million funt evaziga sotib olgandi.
25 yoshli o‘yinchi 2018/19-yilgi mavsum Angliya Premyer ligasida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golga assistentlik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)