“Sent-Etyenn” himoyachisi Vilyam Saliba faoliyatini “Arsenal”da davom ettiradi. Bu haqda “to‘pchilar”ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
18 yoshli o‘yinchi “kanonirlar” bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Saliba yangi mavsumni Fransiya klubida ijara asosida o‘tkazadi, oradan bir yil o‘tib esa “Arsenal” tarkibiga kelib qo‘shiladi.
The Telegraph’ning ma’lum qilishicha, londonliklar markaziy himoyachi uchun fransuzlarga 27 million funt (30,16 million yevro) to‘lagan.
Vilyam “Sent-Etyenn” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018-yildan buyon jamoaning asosiy tarkibida maydonga tusha boshlagan.
Ma’lumot uchun, Saliba 2018/19-yilgi mavsum barcha musobaqalarda umumiy hisobda 19 ta uchrashuvda maydonga tushishga erishgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)