22-iyul, dushanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Liga Kubogi musobaqasining chorak finaliga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijasiga ko‘ra, Toshkentning “Paxtakor” klubi o‘z maydonida mamlakat chempioantining ikkinchi divizioni vakili “Sho‘rtan”ni qabul qiladi. Mirjalol Qosimov qo‘l ostidagi OKMK klubi o‘z uyida “Metallurg” jamoasi bilan bahsga kirishadi. Qarshining “Nasaf” klubi safarda “Qo‘qon-1912” bilan bellashadi. Samarqandning “Dinamo” klubi esa “Andijon” bilan o‘ynaydi.
Mazkur uchrashuvlar 14-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Liga Kubogi-2019
1/4 final bahslari
14-avgust, chorshanba
“Paxtakor”—“Sho‘rtan”
OKMK—“Metallurg”
“Qo‘qon-1912”—“Nasaf”
“Dinamo”—“Andijon”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)