Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘tkazilgan viloyat hokimining sayyor qabulidan so‘ng shahar fuqarolarining muammolari atroflicha o‘rganib chiqilib, zarur hollarda ularga amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Bu haqda Zarnews xabar qiladi.
Shahar hokimining kuni kecha Damariq, Chinobod va Amir Temur mahalla fuqarolar yig‘inlarida o‘tkazgan sayyor qabul natijasida sharoiti og‘ir bo‘lgan, nogironligi bo‘lgan bir nechta fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha shahar hokimining amaliy yordami bilan ularga uy-ro‘zg‘or buyumlari taqdim etildi. Jumladan, Amir Temur MFYda ijarada yashovchi fuqaroga muzlatgich, Damariq MFYdagi 1 nafar fuqaroga televizor hamda Chinobod MFYda yashovchi kam ta’minlangan fuqaroga mikroto‘lqinli pech sovg‘a qilindi.
Shuningdek, uy-joyga ehtiyoji bo‘lgan 2 nafar ko‘p bolali xonadon sohibalari K.Murodullayeva hamda Z.Ashurovalar Ingichka qo‘rg‘onchasidan doimiy yashash joyi bilan ta’minlandi.
Izoh (0)