O‘zbekiston fuqarosini Antaliyada mototsikl urib yubordi. U voqea joyida halok bo‘ldi
18-iyul kuni Antaliyada O‘zbekiston fuqarosi Z.X. yo‘lni kesib o‘tayotganda mototsikl tomonidan urib yuborildi va voqea joyida halok bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Elchixona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olingan va marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.
O‘zbekiston fuqarosining jasadi Istanbulga olib kelindi va bugun “Istanbul—Toshkent” yo‘nalishi orqali vatanga yuboriladi.
Izoh
Kirish
Asosiy yangiliklar