Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh Markaziy qo‘mondonligi Yaqin Sharqdagi dengiz yo‘llari xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Soqchilar” xalqaro harbiy amaliyotini ishlab chiqmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Defense

Foto: Defense

Qayd etilishicha, amaliyotning maqsadi “dengizdagi barqarorlikni ta’minlash, xalqaro suv maydonlaridan xavfsiz o‘tish imkoniyatini yaratish va butun Arabiston bo‘g‘ozi, Ormuz ko‘rfazi, Bob al-Mandab bo‘g‘ozi va Ummon ko‘rfazidagi keskinliklarni kamaytirish”dir.

Qo‘mondonlikdan ma’lum bo‘lishicha, AQSh hududdagi kema qatnovlari xavfsizligi ta’minlash va muhim dengiz yo‘llarini himoya qilish uchun “Soqchilar” operatsiyasi doirasidagi harakatlarini ittifoqchilari bilan birga nazorat qiladi.

Ularning bayroqlari ostida harakatlanuvchi operatsiya ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar kemalari qantov paytida hamrohlik qilish va o‘zaro muvofiqlashtirish uchun hamkorlik “imtiyozlari”dan foydalanishi mumkinligi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Fors ko‘rfazidagi operatsiyani tayyorlash Britaniya tankerining Eron Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi tomonidan ushlangani asnosida boshlandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Saudiyalik tadbirkor O‘zbekistonda avtomashina ehtiyot qismlari ishlab chiqarishga sarmoya kiritadi 
Mahalliy
1000 dollar oylik olayotgan oʻqituvchilar, 1 mln nafardan oshgan talabalar, yangi qurilgan 27 ta TTJ — oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Komiljon Karimov bilan ekskly...
Mahalliy
Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi