• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ilk bor IT-park ochiladi

    17-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida 24-iyul kuni ochilishiga bag‘ishlangan dastlabki IT-parkning birinchi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qiladi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnologik parki (IT-park) istiqbolli startap loyihalarni ishga tushirish va ularni bozorga olib chiqish maqsadida yaratilmoqda. IT-park bu — faol va iste’dodli insonlar buxgalteriya, yuridik, marketing va ilmiy-ta’limiy yo‘nalishlarida qo‘llab-quvvatlash orqali g‘oyalarini haqiqiy biznesga aylantirishlari uchun chinakam imkoniyatga ega bo‘ladigan maskan hisoblanadi. IT-park tarixi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning Hindistonga tashrifi chog‘ida tomonlarning axborot texnologiyalari sohasida hamkorlikni yanada kengaytirish borasida erishilgan kelishuvidan boshlanadi. Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17-sonli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Umarov Olimjon Muxammadjonovich, IT-park AKT sohasida o‘z mamlakatlarida yetakchi o‘ringa ega bo‘lgan tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarning rivojlanishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi. Bugungi kunda IT-park hamkorlari quyidagilar hisoblanadi: Software Technology Parks of India (Nyu-Dehli), Tech Nation (London), Astana Hub Xalqaro IT-startaplar Texnoparki (Nur-Sulton), Yuqori texnologiyalar sohasidagi Texnopark “IT-parki” (Qozon), “Eksadel” MChJ (Minsk), Yuqori texnologiyalar sohasidagi Texnopark “IT-parki” (Moskva).

    Toshkent shahr hokimligi

    Toshkent shahr hokimligi

    Matbuot anjuman davomida dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direktori Farhod Ibragimov IT-parkning quyidagi yo‘nalishlardan iborat asosiy vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

    — Inkubatsiya dasturi — g‘oyani kerakli resurslar, qo‘llab-quvvatlash, tavsiyalarni ta’minlash orqali g‘oyani mahsulot ko‘rinishga yetkazish.

    — Mavjud startaplarni masshtablashtirish va ularni xalqaro darajaga ko‘tarish.

    — AKTni rivojlantirish Fondi va xususiy tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan maxsus fond orqali venchur moliyalashtirish.

    — IT-laboratoriyalar va data-markazlarni o‘z ichiga olgan IT-Akademiya.

    Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlariga arizalarni qabul qilish jarayoni o‘z yakuniga yetdi. Qabul qilingan 103 nomzod orasidan 42 ta ariza akseleratsiya va 61 ta ariza inkubatsiya dasturiga topshirilgan. Ariza yo‘llaganlarning eng yoshi – 16 yosh, eng katta yoshli nomzod esa 67 yoshda. Foiz ko‘rsatkichida olinadigan bo‘lsa, ariza yuborganlarning 51 foizini 16 dan 25 yoshgacha bo‘lganlar, 31 foizini 26 dan 35 yoshgacha bo‘lganlar va 18 foizini 36 hamda undan yuqori yoshdagilar tashkil qiladi. Kelib tushgan arizalar orasida quyidagi yo‘nalishlar yetakchilik qilmoqda: Elektron tijorat — 54 foiz, Onlayn ta’lim – 13 foiz va IoT – 12 foiz.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Shuningdek, matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5099-son Farmoniga binoan IT-park rezidentlari 2028-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatga qadar quyidagilardan ozod etiladi:

    — barcha turdagi soliqlar va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburan ajratmalarni, shuningdek, yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashdan;

    — belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, o‘z ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxona yig‘imlaridan tashqari);

    — tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportidan tushgan tushumlar doirasida xorijiy mutaxassislarning chet el valyutasida naqd pulsiz shaklda ish haqi xorijda ochilgan xalqaro to‘lov kartalariga to‘lashga ruxsat beriladi.

    Mahalliy va xorijiy bozorlarda mahsulotlarni ilgari surish uchun boshqa imtiyozlar ham taqdim etiladi.

    Shuningdek, matbuot anjumanida Hindistondan tashrif buyurgan mehmon, janob Partasarati IT-parkka metodologik jihatdan amaliy yordam berish bo‘yicha chiqish bilan ishtirok etib, ushbu sohadagi Hindiston muvaffaqiyati (59 IT-parklar 4000 ta tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlaydi) bilan tanishtirdi hamda O‘zbekistonning ushbu yo‘nalishda rivojlanishiga ishonch bildirdi.

    Matbuot anjuman yakunida IT-park vakillari tomonidan jurnalistlarning park budjeti, ishlarni tanlash mezonlari bo‘yicha savollar hamda parkni rivojlantirishga oid takliflariga javob berildi.

    18.07.2019, 06:12   Izoh (0)   19976
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Jasliq” qamoqxonasi yopiladimi? Ichki ishlar vazirligi izoh berdi

    17.07.2019, 22:10

    “Bizni ko‘chaga haydab chiqarishyapti”: Toshkentlik yosh sportchilarning ota-onalari Alisher Usmonovga murojaat qildi

    17.07.2019, 21:45

    Samarqanddagi 20 ta istirohat bog‘ida yil yakunigacha bepul Wi-Fi hududi tashkil etiladi

    17.07.2019, 21:14

    Deputat Rasul Kusherboyev: Avtomobil oynalariga parda o‘rnatishga ruxsat berish taklifimiz “achko” olish uchun qilingani yo‘q

    17.07.2019, 21:10

    Sudochye ko‘llar tizimi Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufiga berildi. Endi noqonuniy ovchilik va qamishlarni yoqib yuborish bartaraf qilinadi

    17.07.2019, 20:48

    Toshkentdan topilgan ulkan xazinaning yangi tafsilotlari e’lon qilindi (video)

    17.07.2019, 20:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.