• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi Andijondagi “ko‘zbo‘yamachilik” haqida tarqatilgan ma’lumotlarni rad etdi

    O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova Andijondagi “ko‘zbo‘yamachilik” haqida OAVda tarqalgan xabarlarni rad etdi. Bu haqda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi vakillari jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

    Eslatib o‘tamiz, Andijon shahrida ijtimoiy himoyaga muhtoj bir necha ayollarga kottej berish sharti bilan “Mustaqillik tikuvchilik majmuasi”ga ishga qabul qilingani, 2019-yilning fevral—mart oylarida viloyat hokimligi mas’uli korxonaning uy-joyga muhtoj olti nafar ishchisiga yangi qurilayotgan kottejlardan sovg‘a sifatida bittadan berilishini ma’lum qilgani, ularning bepul kottej olgani to‘g‘risida “O‘zbekiston 24” telekanalida lavha ham efirga uzatilgani haqida avval xabar berilgan edi.

    “Xidirsha” massividagi kottejlar. Foto: Prezident matbuot xizmati

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijonga tashrifi vaqtida ishchilardan faqat bir nafariga kottej sovg‘a qilingan. Tashrifdan so‘ng viloyat hokimligi mas’uli talabiga ko‘ra, qolgan besh nafar ishchi yangi qurilayotgan to‘rt qavatli uylardan xonadon ajratish va’da qilingan holda kottejlardan ko‘chirilgan. Buni o‘rganib chiqqan Bosh prokuratura viloyat hokimligi mutasaddilari besh nafar ayolga kottej berilishini va’da qilib, yakunda ularga kottej ajratmasdan, ko‘zbo‘yamachilik qilganini aniqlagan.

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tgan anjumanda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati Andijondagi “ko‘zbo‘yamachilik” bo‘yicha nima uchun izoh bermagani so‘raldi.

    Mukarram Nurmatova, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari

    Mukarram Nurmatova, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
    Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

    Bunga javoban O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mukarram Nurmatova “ko‘zbo‘yamachilik” haqida tarqatilgan ma’lumotlar noto‘g‘riligini aytib o‘tdi.

    “Ushbu masala haqida jurnalistlar tomonidan tarqatilgan dastlabki ma’lumotlardan keyin biz bunga katta e’tibor bermadik. Chunki, bu to‘g‘ri ma’lumot emas edi. Shaxsan o‘zim o‘sha ayollar bilan uchrashganman. Prezident tashrifidan oldin Andijonda yaxshi tashabbus bilan chiqilgandi. Aynan talablar bilan (‘ko‘zbo‘yamachilik’da aldangan ayollar — tahr.) chiqqan ayollarga Xotin-qizlar qo‘matasi tomonidan juda katta yangicha yondashuv asosida: jazo muddatini o‘tab chiqqan, jinoyatchilikka moyilligi bor va axloqi yaxshi bo‘lmagan ayollarni sexlarga joylashtirib, ishlab topgan pullari orqali uy-joylar ajratish rejalashtirgan. Ayollarga ko‘p qavatli uy qurilayotganidan xabarim bor edi. Uylarni borib ko‘rganman, juda ham katta imkoniyatlar, sharoitlar yaratilgan. Shuning uchun, biz masalani ikki tomondan o‘rganib hal qilamiz. O‘sha vaqtda masala chuqurlashib ketmasin, o‘z-o‘zidan viloyat miqyosida hal bo‘ladi, degan maqsadda alohida javob bermagan edik. Andijonda juda katta ish qilingan, odamlar o‘z ko‘zi bilan ko‘rib turibdi-ku, xalq o‘z bahosini beradi, degan maqsadda bu masalani chuqurlashtirmagan edik”, — dedi Mukarram Nurmatova.

    Elmira Bositxonova, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi

    Elmira Bositxonova, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi
    Foto: Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

    O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova Andijon viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi gapini uyga muhtoj ayollar noto‘g‘ri tushunganini ta’kidladi.

    “Hokim o‘rinbosari (Andijon viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Yunusova — tahr.) ayollarni ishga jalb qilayotganda ‘ishlab kreditni to‘lashga imkoniyatinglar bo‘lganda mana shu uylardan sizlar ham olasizlar’ degan gapini u ayollar ‘menga shu yerdan uy berar ekan’, deb qabul qilgan. Bu yerda tushunmovchilik bo‘lgan. Hokim o‘rinbosari Manzura Fazliddinovna bilan gaplashdik: Xotin-qizlar qo‘mitasi fondidagi puldan ‘menga uy’, deganlarning hammasiga tarqatmasdan, ro‘yxat va tartib bilan taqsimlanishini e’tiborga olgan. Lekin u yerda tartiblar juda ham murakkab. Bizni prokuratura tekshiradi, kimga uy berish bo‘yicha qog‘ozga men imzo chekishim kerak. Bularnining hammasi tahlil qilinishi lozim”, — dedi Bositxonova.

    Andijon viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Yunusova “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ayollar aldanganini tan olgan va barcha keltirilgan ma’lumotlarni tasdiqlagan. Faqat bu aldov yaxshi niyatda ya’ni ayollarni yanada ko‘proq ishlashga ruhlantirish uchun aytilganini qo‘shimcha qilgan.

    Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ushbu masalani birinchi ishga kirishgan kuniyoq o‘rganishni boshlagani, lekin “ko‘zbo‘yamachilik” bo‘yicha prokuraturaning munosabatidan xabari yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

    18.07.2019, 20:23   Izoh (0)   26493
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Buxoro viloyati IIB boshlig‘i: Birlashib, harakat qilsak, Buxoro yoshlari o‘rtasida jinoyatchilik sodir bo‘lmaydi, deb ishonaman

    18.07.2019, 20:16

    Akmal Burhonov: Aksariyat talabalar pul talab qilinishi holatlari to‘g‘risida xabar berishni xohlamaydi

    18.07.2019, 20:10

    O‘zbekistonda jamoat transportlari oynalarini qoraytirish haqida petitsiya e’lon qilindi

    18.07.2019, 20:04

    Buxoroda oyparastlik xastaligiga chalingan yigit mashinani olib qochdi

    18.07.2019, 19:57

    Samarqandda Qoradaryo ustidan o‘tgan ko‘prik og‘ib, cho‘kib qoldi

    18.07.2019, 19:44

    O‘qituvchilari anhor bo‘yida beton quyishga chiqarilgan Kosonsoy tumani hokim o‘rinbosari ma’muriy javobgarlikka tortildi

    18.07.2019, 19:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.