Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

17-iyul kuni “Samarqand shahrida mehnat inspektorlari majburiy mehnatga jalb etildi” nomi ostida maqola e’lon qilingandi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu maqola yuzasidan tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Daryo” elektron internet  ‘Samarqand shahrida mehnat inspektorlari majburiy mehnatga jalb etildi’ nomli sarlavha bilan Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilinganliklari haqidagi maqola chop etildi.

Maqoladagi ma’lumotlarga ko‘ra, 8-iyuldan boshlab Samarqand shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rahbariga hokimlik tomonidan ushbu ko‘chada qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mazkur maqolada keltirilgan holatlarni joyiga chiqqan holda to‘liq va har tomonlama o‘rganish uchun vazir o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi N.Yoqubov boshchiligida ishchi guruh tomonidan xizmat tekshiruvini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi”, — deyiladi xabarda.

Tekshiruv natijalari xususida yana batafsil axborot berilishi ta’kidlab o‘tildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi