17-iyul, chorshanba kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpur shahrida joylashgan Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov qit’a futbol konfederatsiyasi bosh kotibi Dato Vindsor Jon bilan uchrashdi. Bu haqda tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida Ravshan Ermatov O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan muntazam ravishda milliy assotsiatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni har jihatdan rivojlanishini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladigan barcha loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashini va endilikda O‘FA vakillari OFKning barcha loyihalarida faol ishtirok etishini bildirgan.
Shuningdek, uchrashuvda ikki tashkilot o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradigan dasturlar, O‘zbekistonda xalqaro musobaqalarning saralash va final bosqichlarini o‘tkazish kabi masalalar ham muhokama etilgan.
Dato Vindsor Jon O‘zbekiston futbol assostsiatsiyasi rahbariyatining ushbu tashrifidan mamnun ekanini bildirib, tashkilotning yangi tarkibiga ish faoliyatida muvaffaqiyatlar tilagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)