Futbol bo‘yicha 2022-yil Qatar mezbonlik qiladigan navbatdagi mundialning Osiyo qit’asidagi 2-bosqich saralash o‘yinlariga 17-iyul, chorshanba kuni qur’a tashlanadi.
Qur’a tashlash marosimi OFKning Kuala-Lumpurdagi bosh qarorgohida Toshkent vaqti bilan 14:00 da boshlanishi belgilangan. Ravshan Ermatov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi marosimga jo‘nab ketgan.
Tadbirni Sport-TV to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi qur’ada ikkinch savatchadan o‘rin olgan. Bu savatchada Iroq, Suriya, Ummon, Livan, Qirg‘iziston, Vyetnam hamda Iordaniya terma jamoalari ham joylashgan.
Qoidaga ko‘ra, 2-saralash bosqichida jamoalarga 5 ta ishtirokchidan 8 ta guruhga ajratiladi. Guruhida g‘olib chiqqan termalar ham 4 ta eng yaxshi ikkinchi o‘rin sohiblari 3-saralash bosqichiga yo‘l oladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)