14-iyul, yakshanba kuni tennis bo‘yicha “Ulkan toj” turkumidagi Wimbledon—2019 musobaqasida jahonning birinchi raketkasi serbiyalik Novak Jokovich shveysariyalik Rojer Federerga qarshi kortga chiqdi.
Besh set davom etgan o‘yinda Jokovich raqibini 7:6, 1:6, 7:6, 4:6, 13:12 hisoblarida mag‘lub etib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Shu tariqa Jokovich faoliyati davomida 16-bor, so‘nggi 5 ta musobaqaning 4 tasida “Ulkan toj” sovrindoriga aylandi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli serbiyalik sovrinlari soni bo‘yicha Byorn Borgga yetib oldi va jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarildi. Birinchi va ikkinchi o‘rinlarda Rojer Federer hamda Pit Sampras bormoqda. Shveysariyalik hisobida 8 ta sovrin bo‘lsa, Sampras 7 marta ushbu sovringa ega chiqqan.
O‘zaro qarama-qarshilikda Jokovich 37 yoshli Federerni 26-22 hisobida ortda qoldirib, uni ketma-ket 5 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchratdi. Shundan 4 ta to‘qnashuv final bahsida bo‘lib o‘tgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)