Samaralik rassom-san’atshunos Arseniy Instagram’da “Vreditel Li?” deb nomlangan yangi perfomans chiqardi. Bu haqda “Tjournal” xabar qiladi.
Tashlandiq uyning tashqarisida to‘rtinchi qavatning devoriga “hech qayerga” bormaydigan bir bo‘lak zinapoya o‘rnatib, o‘zi esa nogironlar aravachasiga o‘tirdi.
Rassom-san’atshunos ta‘kidlaganidek, rossiyaliklarning 8,5 foizi yoki 12,5 million kishi turli xil guruhdagi nogironlar. Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharda harakati cheklangan shaxslar uchun sharoitning yomonligi ularning ko‘chaga chiqa olmasligiga sabab bo‘lmoqda.
Arseniyning so‘zlariga ko‘ra, nogironlar uchun zinapoyalar, shahardagi to‘siqlarining birinchi qatoridagi “qadam”, panduslarning noto‘g‘ri qiyalik darajasi, past sifatli materiallar, yerosti o‘tish yo‘llari va boshqa ko‘plab xavf-xatarlar shular jumlasidandir. Odatda bunday muammolar e’tibordan chetda qoladi.
Arseniy suratga olishda Samara shahrining tashqarisida kimsasiz qoldirilgan ko‘p qavatli binodan joy sifatida foydalangan. Rassom binolardan ilgari ham o‘z tasvirlari uchun foydalangan. Bundan oldin u “chumoli inidan uy-joy sotib olayotgan” odamlar uchun stol tuzab qo‘ydi.
Izoh (0)