Toshkent shahrining Chilonzor tumanida yashovchi 28 yoshli R.R. mast holda bo‘lgan Chilonzor tumani 3-dahada yashagan, muqaddam sudlangan 27 yoshli M.R.ning uyida o‘zaro janjal tufayli uni pichoq bilan jarohatlagan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, voqea 2019-yil 9-iyul kuni sodir bo‘lgan.

Natijada M.R. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.R.qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.