Ukrainaning Nikolayev viloyatida ikki avtomobil ishtirokidagi YTHda rul boshqaruvida bo‘lgan bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: Ukraina politsiyasi

Hodisa Olshansk—Nikolayev avtoyo‘lida tongda ro‘y berdi. Bu yerda Opel va VAZ-2105 to‘qnashdi.

“Transport vositalari to‘qnashuvida 10 yashar bola hodisa joyida halok bo‘ldi. Uning otasi — VAZ yo‘lovchisi va Opel haydovchisi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazildi”, — deyiladi mahalliy politsiya xabarida.

Hodisa joyida tergovchilar, patrul politsiyasi xodimlari va qutqaruvchilar ishlashda davom etmoqda.