Tailandning Chon Buri shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki 2 ta medalga ega chiqdi, deya xabar berdi MOQ rasmiy sayti.
Reglamentga ko‘ra, musobaqani yunon-rum kurashi ochib berdi.
Ushbu dastur doirasida gilamga chiqqan 2 nafar o‘zbekistonlik polvon qit’a chempionati sovrindoriga aylandi. -55 kilogramm vazn toifasi vakili Ixtiyor Botirov kumush medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, -77 kg vaznda Dilshod Omongeldiyev bronza medali bilan taqdirlandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)