Braziliya terma jamoasi Kopa Amerika—2019 musobaqasining finalida Peru ustidan g‘alaba qozondi (3:1).
Coral’ning Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berilishicha, braziliyalik Dani Alvesh faoliyati davomida 40 ta sovringa ega chiqqan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, 36 yoshli himoyachi terma jamoa safida Amerika Kubogi hamda Konfederatsiya Kubogini 2 martadan qo‘lga kiritdi.
Bundan tashqari u “Barselona” bilan La Ligada 6 bor, PSJ safida Fransiya chempionatida 2 marta va “Yuventus” tarkibida bir marotaba A Seriyada chempionlikni qo‘lga kiritgan.
Shu bilan birga Alvesh 3 marta Yevropa Chempionlar Ligasida hamda 2 bor UEFA Kubogida (ayni damda — Yevropa Ligasi) g‘olib bo‘lgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)