Farg‘ona viloyati imom-xatiblarning yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘MI matbuot xizmati ma’lum qildi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom-xatibi Salim Qodirov o‘z ixtiyoriga binoan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Marg‘ilon shahar bosh imom-xatibi va “Xonaqoh” jome masjidi imom-xatibi Ubaydulloh Abdullayev Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.