Turinning “Yuventus” klubi a’zosi Xuan Kuadrado Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubiga o‘tishga yaqin turibdi, deb yozadi Tuttosport.
“Yuventus” kolumbiyalik yarim himoyachining transferidan 15 million yevro ishlab oladi. Uning yangi klubida qancha maosh olishi hozircha noma’lum.
Nashrning yozishicha, agar Kuadrado klubni tark etadigan bo‘lsa, portugaliyalik Joau Kanselu katta ehtimol bilan klubda qoladi. Avvalroq Kanseluga “Manchester Siti” va “Bavariya”dan jiddiy taklif tushayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)