O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unda tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.
Jumladan, assotsiatsiya kengashining amaldagi raisi Ilhom Nasriyevning lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirildi.
Uning o‘rniga rais vazifasini bajaruvchi etib assotsiatsiya kengashi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Nasim Alimovning nomzodi ma’qullandi.
Izoh (0)