Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

1-iyul kuni “Olot” chegara bojxona posti orqali turkmanistonlik fuqaro 3000 litr miqdordagi dizel yoqilg‘isini Buxoroga olib kirishga uringan. Bu haqda Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi

Foto: Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasi

Qo‘shni davlatdan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqaro H.N. boshqaruvidagi yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. Unda bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 16 500 000 so‘mlik, jami 3000 litr dizel yoqilg‘isi berkitilganligi aniqlangan.

Hozirda dizel yoqilg‘isi daliliy ashyo sifatida saqlovga olingan va holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putinning “safarbar etilganlarning onalari” bilan uchrashuvini qanday tashkillashtirgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
O‘zbekistonning bir qator hududlarida 4-dekabr kuni qor yog‘adi
Sport
Jerdan Shakiri Messi va Ronalduga yetib oldi