Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

London uzra uchib o‘tayotgan samolyotdan bir erkak yiqilib tushib, vafot etdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.

Foto: Global Look Press

Foto: Global Look Press

Britaniya politsiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum shaxs parvoz vaqtida samolyot shassisi bo‘lmasidan tushib ketgan. Londonda o‘tkazilgan qidiruv ishlaridan so‘ng, erkakning jasadi shahar janubidan, Klepam tumanidagi xususiy uylardan birining hovlisidan topilgan. Endilikda shifokorlar va politsiya halok bo‘lgan erkakning shaxsini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda, biroq uning jasadi yerga qulash oqibatida tanib bo‘lmas holatga kelgan.

Politsiyaning fikricha, erkak chiptasiz samolyotga kirib olishga uringan. “Uning shassi bo‘lmasiga kirib olishiga hozircha boshqa sabab yo‘q”, — deya izohlaydi politsiyadagilar.

Ayni vaqtda Britaniya huquq-tartibot organlari sodir bo‘lgan voqeani o‘rganmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“O‘zbekiston temir yo‘llari” talabalar uchun chiptalarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi
Dunyo
Bayden va Makronning kechki ovqati Oq uyga yarim million dollarga tushdi (video)
Kino
“Malikaning kundaligi”, “Forsaj”, “Joker” — davomi ekranlarga chiqishi kutilayotgan sevimli filmlar