Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan “Xitoy tadbirkorlarining O‘zbekistondagi assotsiatsiyasi” davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Assotsiatsiya “Bir Makon, Bir Yo‘l” strategiyasi ostida tashqi investitsiyaga asoslangan Xitoy korxonalarini ular o‘rin olgan davlat orasidagi ko‘prik vazifasini bajarish, assotsiatsiya a’zolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, Xitoy korxonalarini rivojlantirish uchun resurs almashinuvida xizmat ko‘rsatish, Xitoy korxonalarini qisqa muddatda O‘zbekiston hududida joylashib taraqqiy topishiga yordam berish maqsadida tashkil etildi.

Assotsiatsiya ustaviga ko‘ra, uning asosiy maqsad-vazifalari:

  • Assotsiatsiya a’zolarining faoliyatida muvofiqlashtirish, samarali iqtisodiy faoliyat, xaqqoniy raqobat uchun sharoit yaratish;
  • Assotsiatsiya a’zolariga O‘zbekiston qonun va qoidalarini tushuntirish, assotsiatsiya a’zolarini O‘zbekiston qonun normalari doirasida tadbirlarini amalga oshirishga yordam berish;
  • Assotsiatsiya a’zolarining investitsion, tijorat, ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
  • Assotsiatsiya a’zolarining davlat boshqaruv organlarida, shuningdek, xorijiy davlatlarida manfaatlarini himoya qilish, konferensiya, seminar, simpozium va boshqa uchrashuvlarda qatnashish;
  • Assotsiatsiya a’zolariga huquqiy va konsultativ yordam ko‘rsatish va boshqalar hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Daryo” kundaligida 9-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga zirhli texnika jo‘natishi haqida xabarlar tarqaldi (video)
Madaniyat
Shahzoda Garri va Megan Markl yangi hujjatli filmda Yelizavetta II ni masxaralab, qirollik oilasi a’zolarini irqchilikda aybladi (video)