“Nyukasl” bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
The Telegraph’ning xabar berishicha, undan “Reynjers” bosh murabbiyi Stiven Jerrard, “Nitssa” ustozi Patrik Viyeyra va “Manchester Siti” murabbiyi Pep Gvardiolaning yordamchisi Mikel Arteta o‘rin egallagan. Aynan shular eng asosiy nomzodlar bo‘lib turibdi. Ma’lum bo‘lishicha, ispaniyalik hamda fransiyalik shu ishga qiziqib qolgan va taklifni ko‘rib chiqmoqda.
Bundan tashqari “Nyukasl” Eddi Hau (“Bornmut”), Shon Daych (“Byornli”), Stiv Bryus (“Sheffild Uensdey”) nomzodini ham ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Nyukasl” ustozi Rafael Benites iste’foga chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)