Xabar qilganimizdek, Prezidentimizning 2018-yil 23-oktabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini (ASKUE) joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shunga ko‘ra, 2019-yil, 28-iyundan boshlab “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan poytaxtimizning Mirobod tumanida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlanadi. Shuni inobatga olib, elektr hisoblagichni almashtirish jarayonida xonadoningizda voyaga yetgan shaxsning ishtirokini ta’minlashingizni hamda imkon qadar oldindan mavjud hisoblagichingiz ko‘rsatkichini foto suratga olib qo‘yishingizni so‘raymiz.
Hozirda Toshkent shahrining Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur va Uchtepa tumanlaridagi 165 000 ta aholi iste’molchilariga zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatib berildi.
Alohida ta’kidlash kerakki, ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar iste’molchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mablag‘lari evaziga bepul o‘rnatib berilmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, har bir iste’molchiga o‘rnatilayotgan zamonaviy hisoblagich uchun jamiyat mablag‘lari hisobidan o‘rtacha 770 000 so‘m sarflanmoqda va bu har bir iste’molchining shuncha mablag‘ iqtisod qilayotganini ko‘rsatadi.
Joriy yil yakuniga qadar ushbu zamonaviy elektr hisoblagichlar Toshkent shahrining barcha tumanlariga to‘liq o‘rnatib berilishi rejalashtirilgan. Shunga ko‘ra, Iste’molchilardan hisoblagichlarni almashtirishga to‘sqinlik qilmasliklaringizni balki, yordam berishingizni so‘raymiz.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati
Ma’lumot sheriklik huquqi asosida tayyorlandi
Izoh (0)