Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudining ochiq sud majlisi Zafarobod tumani, “Yorqin” ShFY binosida O‘tamurodov Ulug‘bek hamda O‘tamurodov Ummatlarga oid ishni ko‘rib chiqildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Zafarobod tuman sudining raisi A.Xomidov “Daryo”ga xabar berdi.
O‘tamurodov Ulug‘bek Komiljonovich Zafarobod tumani, Yorqin ShFY, Bog‘don ko‘chasi 7-uyda yashab kelgan. U Zafarobod tumanidagi “Bobur-Ummat” fermer xo‘jaligida ish boshqaruvchi bo‘lib ishlagan. Ukasi O‘tamuradov Ummat Komiljon o‘g‘li bilan bilan bir bo‘lib, 2018-yil 13-oktabr kuni soat 20:00 larda paxta terib kelgan traktorlarini navbatsiz Zafarobod paxta tozalash korxonasiga kiritayotganlarida korxona oldida xizmat vazifasini o‘tayotgan tuman IIB YHXB MA xodimi S.Bozorov hamda viloyat IIB YHXB xodimi D.Fayzullayevga tan jarohati yetkazgan.Jizzax viloyat sud-tibbiy ekspertiza byurosining xulosasiga ko‘ra, D.Fayzullayevga og‘irlik darajasiga ko‘ra o‘rtacha og‘ir tan jarohati yetkazilgan. S.Bozorovga esa sog‘lig‘ining buzilishiga olib kelmagan yengil tan jarohati yetkazilgan.
Sud sudlanuvchilarga nisbatan jazo tayinlashda aybiga to‘liq iqror va qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, oilaviy ahvolini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanganligini, muqaddam sudlanmaganligini, Yoshlar ittifoqi Zafarobod tuman Kengashi raisining kafolat xati hamda Zafarobod tumani “Yorqin” ShFY raisining sudlanuvchilarga nisbatan yengillik berish haqidagi iltimosnomasi va jabrlanuvchilarning ularga nisbatan da’vosi yo‘qligini inobatga olgan holda O‘tamurodov Ulug‘bekka JK 105-moddasi 2-qismining “v” bandi va 219-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib 4 (to‘rt) yil 6 (olti) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.O‘tamurodov Ummatga JK 140-moddasi 3-qismining “a” bandi va 219-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib 3 (uch) yil 2 (ikki) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Izoh (0)