“Mening fikrim” portalida bozorlarda “arava xizmati”ni tartibga solish haqida petitsiya e’lon qilindi. Bu haqda UZ24 xabar qiladi.

Foto: UZ24

Murojaatda aytilishicha, bozorlardagi aravalarning tartibsiz harakati natijasida turli noqulayliklar va ko‘ngilsiz holatlar yuzaga kelmoqda. Bundan tashqari, arava xizmati uchun to‘lovlarning aniq belgilanmaganligi ham xaridorlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Qaysidir aravaning bir soatlik xizmati uchun o‘n ming bersangiz, boshqasi huddi shu xizmat uchun yigirma, xattoki, o‘ttiz ming so‘mgacha haq so‘raydi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, barcha bozorlardagi arava xizmatini tartibga solish va ularning xizmati uchun “foydalanilgan vaqt doirasida yagona to‘lov stavkalari”ni joriy etishni taklif qilamiz, deb yozadi muallif.