Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishga qaror qildi. Bu haqda terma jamoaning rasmiy saytida xabar berildi.
“Men mart oyidan buyon o‘zimga yuklatilgan vazifalarni to‘laqonli bajarmayotganligim sababli Ispaniya termasidan ketishga qaror qildim.Ma’lumot uchun, Enrike shaxsiy sabablarga ko‘ra bosh murabbiylikdan ketdi. Jamoani vaqtinchalik uning yordamchisi Robert Moreno boshqarib turadi.Ispaniya futboli federatsiyasiga meni tushunishgani hamda ishonishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Barcha xodimlarga va o‘yinchilarga katta rahmat.
OAV mazkur holatni tushungani hamda qarorimni hurmat qilgani hech qachon unutmayman. Barchangizga chin yurakdan minnatdorchilik bildiraman”, — deydi Luis Enrike.
Eslatib o‘tamiz, Luis Enrike Ispaniya terma jamoasini 2018-yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning boshqaruvida jamoa 10 ta uchrashuv o‘tkazib, shundan 8 tasida g‘alaba qozondi va ikki bor mag‘lubiyatga uchradi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)