• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Maktab formasi – bahs uchun mavzu

    “Daryo” kolumnisti Yevgeniy Sklyarevskiy “o‘lmas mavzu” – maktab formasi atrofidagi bahslarga o‘z munosabatini bildiradi.

    Foto: UzNews

    Foto: UzNews

    May-iyun oylarida maktab formasi mavzusi yana qalqib chiqdi va ijtimoiy tarmoqlarda navbatdagi marotaba turli munozaralar to‘lqinini hosil qildi. Eslatib o‘tamiz, 2017-yil avgustida maktab o‘quvchilari uchun yagona forma joriy etish taklifi bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev chiqish qilgan edi. U maktab o‘quvchilari bir-biriga ustidagi kiyim-boshdan kelib chiqib munosabatda bo‘layotganini va natijada turli mojarolar yuzaga kelayotganini qayd qilib, bunday holga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlagan edi. Oradan bir yil o‘tib, Vazirlar Mahkamasi 2019-yilda e’tiboran yagona maktab formasi joriy qilinishi haqidagi qarorni tasdiqladi. Shundan so‘ng Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori muovini Saida Mirziyoyeva tomonidan maktablarda yagona forma joriy etishdan avval zaruriy shart-sharoit yaratish kerakligi borasida fikr bildirildi. Xalq ta’limi vazirligining bunga munosabati hali mavhum; qarorni hech kim bekor qilganicha yo‘q, shunga ko‘ra, bu yildan e’tiboran maktablarda yagona forma bo‘ladimi-yo‘qmi – taxmin qilish mumkin xolos. Aslida, fikrimizcha, avval ishni maktablarning o‘zidan boshlash kerak edi: xarid mexanizmlarini sinab olish, formaning qanchalik yaxshi va qulay ekanini baholash va shundan keyin, qo‘lga kiritilgan tajriba asosida navbatdagi qadamlarni tashlash mumkin edi.

    Maktab formasi mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

    Birinchidan, bu uning joriy etilishi oilasida maktab o‘quvchisi bo‘lgan har bir xonadonga taalluqli masaladir.

    Ikkinchidan, bu masala hamma uchun tushunarli bo‘lgan mavzu bo‘lib, bu haqda hamma o‘z qarashiga ega va, masalan, QQS singari, mavzulardan faqrli o‘laroq, maktab formasi haqida biror aqlli gap aytish uchun maxsus iqtisodiy ta’lim ko‘rgan bo‘lish shart emas.

    Uchinchidan, mavzu nisbatan qulay va xavfsiz; u orqali qo‘rqmasdan nechog‘lik murosasiz qat’iyatga egaligini ko‘rsatib qo‘yish mumkin. Hazil. Qisman hazil.

    Va, to‘rtinchidan, maktab formasi borasidagi bahslar, qolgan boshqa bahslar singari, radikal, liberal va jiddiy konservativ qarashlar spektrida, jamiyatning tabaqalanganligini ko‘rsatib qo‘ymoqda.

    Bizning maktablar ko‘p narsani sovet maktablaridan meros qilib olgan va u ham o‘z navbatida forma talabi nihoyatda qat’iy bo‘lgan inqilobdan avvalgi gimnaziyalar tizimidan shakllangan edi. 1918-yilda bolsheviklar yangi dunyo ideallariga mos bo‘lmagan unsur sifatida talqin qilib, maktab formasini bekor qilishgan. Biroq oradan 30 yil o‘tib, uni yana o‘zlari qayta joriy qildi va bo‘lib ham forma o‘sha – inqilobdan oldingi gimnaziyalar namunasi bo‘yicha tiklandi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Men uning eng oxirgi yiliga guvoh bo‘lganman. Birinchi sinfda, oldi mis to‘qali qalin kamar bilan bog‘lanadigan to‘q-kulrang gimnastyorkada maktabga qatnaganman. Mis tugmalar g‘ashimga tegardi, lekin kamar bilan qarsillatsa va ursa bo‘lardi. Shuningdek, xuddi harbiylarning bosh kiyimiga o‘xshash soyaboni bor qalpoq bo‘lardi.

    Ikkinchi sinfga esa (1946-yil) gimnastyorka va kamarni bekor qilishdi va oddiy pidjak va qalpoqlar joriy qilindi. Qizlar uchun esa avvalgi shakldagi forma – qishda jigarrang va yozda moviy rangli ko‘ylaklar ustidan taqiladigan qora va bayramona oq fartuklar qoldirildi. Shu holatda ayrim kichik o‘zgarishlar bilan forma 90-yillargacha yetib keldi.

    Nolinchi yillarda ham umumiy maktab formasi joriy etishga bo‘lgan bir necha urinishlarni eslash mumkin. O‘shanda ham bu keng muhokama bo‘lgan edi. Qaysidir maktab va kollejlarning o‘zlari forma joriy etdi, lekin bu asosan tashqi ko‘rinishga bo‘lgan umumiy talablardan iborat bo‘lgan.

    Qizig‘i shundaki, formani joriy qilishni ma’qullovchi har bir “ha” degan fikrga qarshi uni inkor etuvchi, undan kam dalillanmagan “yo‘q” degan fikr mavjud.

    Maktab formasini joriy etishdan eng asosiy muddao – bashang kiyingan sinfdoshlari ko‘rib kambag‘al oila farzandlarining o‘ksinmasligi, shunga o‘quvchilarning barchasini kiyim-bosh masalasida bir xil qilib qo‘yish maqsad qilingan. Tarafdorlarning fikricha, bu narsa sinfdagi vaziyatni yumshatadi va kelishmovchiliklarning oldini oladi hamda dars paytida chalg‘imaslikka, “kimning dadasi boyroq” qabilida musobaqalashmaslikka omil bo‘ladi.

    Qarshilarning fikricha esa, tabaqalanish allaqachon mavjud va uni forma bilan yashirishning iloji yo‘q. Chunki, masalan, kimnidir shaxsiy haydovchi qimmat xorijiy mashinada eltib qo‘yadi, kimdir esa og‘ir sumka bilan piyoda qatnaydi; kimdadir qimmatbaho mobil telefon, sayr-sayohatlar va vaqtichog‘lik qilish imkoni mavjud, boshqalarda esa yo‘q. Ustiga-ustak, oddiy maktablar qatorida yana xususiy maktablar ham mavjud va bunda har qanday forma bilan ham tenglikni ta’minlab bo‘lmaydi. Ota-onalar va o‘qituvchilarning vazifasi esa bolalarga turli vaziyatlarga munosib baho bera olish va birinchi o‘ringa kiyim narxini emas, balki insoniy fazilatlarni qo‘yishni o‘rgatishdir.

    Formaning asosiy vazifalaridan biri – hamma teng ko‘rsatish, individuallikni barobarlashtirish. Bolalar uchun esa kiyimda, turmakda va buyumlar vositasida o‘z individualligini ko‘rsatish muhim. Pedagoglar va ota-onalar odatda maktabda individuallikning namoyon bo‘lishiga qarshi bo‘ladi. Ular qay darajada haq? Kelajakda ushbu “barobarlashtirish” qanday aks-sado beradi? Ayrim mamlakatlarda, aksincha, individuallik va nostandart fikrlash rag‘batlantiradi. Bunga javoban esa maktab formasini kiyib ham o‘z iqtidorini namoyon qilishning yo‘llari ko‘p degan fikrlar yangraydi. Bu fikrning davomiga ko‘ra, basharti maktab o‘quvchisi uchun kiyim-bosh o‘zini namoyon qilish va emotsional hordiq vositalaridan biri bo‘lsa, unda nega bu ishlarni dam olish kunlari qilavermaslik kerak? deydi ma’qullovchilar.

    Ijobiy jihatlaridan yana biri, forma ishbilarmonlik uslubini hamda jamoa bo‘lib ishlash hissini shakllantiradi, ta’lim muassasasi va uning an’analariga daxldorlik tuyg‘usini paydo qiladi.

    Salbiy jihatlari. Tasdiqlangan forma unga amal qilinishini tekshirishni ham taqozo qiladi. Bu esa paypoq va yubkalarning uzunligi, dazmollangani, me’yoriy va tashkiliy talablarga javob berishi singari masalalari yuzasida kundalik tekshirishlarga olib keladi. E’tirozlar va dag‘dag‘alar ko‘payadi. Malakali va sifatli ta’lim jarayonini tashkil etishdan ko‘ra darslarga xalaqit beruvchi yuqoridagi kabi kundalik tekshirishlarni tashkil qilish osonroq; shuningdek, bilim darajasini oshirishdan ko‘ra yuqoridagi kabi tekshirish natijalari bilan maqtanish osonroq.

    Yana bir ijobiy tarafi – formani sotib olgach, endi bolani maktabga qanday kiyintirish muammosidan qutulasiz. Boz ustiga, 3-5 xil kundalik kiyimdan ko‘ra forma arzonroq tushadi. Bunga qarshi tomon aytayotgan gapga ko‘ra, forma o‘zi ham arzon narsa emas va uni to‘rt yoki besh komplekt sotib olish kerak bo‘ladi. Aks holda (ayniqsa to‘polonchi bolakaylar uchun) uni har kuni yuvishga to‘g‘ri keladi. Oddiy kiyim esa nafaqat maktabga, balki boshqa joylarga ham bo‘laverar edi.  Qolaversa, yaxshi matodan tikilgan sifatli forma ancha qimmat bo‘lishi tayin. Boshqa tarafdan, uni bir marta xarid qilgach, endi yil davomida maktab kiyimi haqida boshqa bosh og‘ritmaslik mumkin.

    Biz tarmoqdagi eng oshkora fikrlarni keltirib o‘tdik. Aslida ular ko‘proq. Facebook’da mavzuni o‘zingiz ko‘tarib ko‘rishingiz mumkin va siz birdaniga, turli xil, rang-barang va kutilmagan mulohazalarni yig‘ib olasiz.

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    20.06.2019, 18:13   Izoh (0)   97102
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mavritaniyaning sobiq prezidenti 15 yilga qamaldi

    Dunyo | 15 may, 07:10

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.