“Ayaks” himoyachisi Matteys de Ligt yozgi transferlar vaqtida “Barselona”ga o‘tmaydigan bo‘ldi, deya xabar berdi Cadena Ser.
Futbolchining agenti Mino Rayola “Barselona” taklifini rad etdi.
Klub prezidenti Jozep Bartomeu de Ligt bilan muzokara olib borishga harakat qilib ko‘rdi, biroq barchasi samarasiz ketdi.
O‘yinchi agar Rayola “yo‘q” degan taqdirda o‘z vakilining qaroriga to‘liq ishonishini ma’lum qildi.
Kataloniyaliklar bunga asosiy sabab sifatida bitimning moliyaviy taraflarini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari niderlandiyalik “Yuventus”, “Bavariya” va PSJ klublaridan ham “yog‘li” takliflar olgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)