Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ayni paytda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida O‘zbekiston Prezidenti  tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda, deb yozadi O‘zA.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Bo‘ston mahallasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari, yozuvchi va shoirlar, el ardog‘idagi san’atkorlar ishtirok etmoqda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

1-iyun kuni Prezident Bo‘ka tumanidagi Bo‘ston mahallasiga tashrif buyurib, tumanda 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. Davlat rahbari mazkur mahallaga tashrifi chog‘ida hududda joylashgan 27-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova o‘zining 5 tashabbus, deb nomlangan she’rini o‘qib bergan edi.

Tadbir doirasida Fazilat Yoqubovaga Prezident sovg‘asi – Cobalt avtomobili topshirildi. 19-Bolalar musiqa va san’at maktabiga ham Prezident sovg‘asi – Isuzu avtobusi berildi.

“Bo‘ston mahallasi aholisi, yoshlarining O‘zbekiston ilm-fan, adabiyot va san’at namoyondalari bilan uchrashuvi davom etmoqda. Prezident sovg‘asini Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Rustam Xolmatov topshirdi”, — deyiladi xabarda.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Elektr ta’minotidagi uzilishlarga ko‘p duch keldim” — O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan IT-mutaxassis taassurotlari
Dunyo
“Sirli odam” — Murali Lal Jalanning Minerva City bo‘yicha intervyusi bahslarga sabab bo‘lmoqda. Lal Jalan aslida kim?
Sport
Bobur Abduxoliqov Belarusda mavsumning eng yaxshi to‘purari va eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi