Ayni paytda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilmoqda, deb yozadi O‘zA.
Bo‘ston mahallasida bo‘lib o‘tayotgan mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullari, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademiklari, yozuvchi va shoirlar, el ardog‘idagi san’atkorlar ishtirok etmoqda.
1-iyun kuni Prezident Bo‘ka tumanidagi Bo‘ston mahallasiga tashrif buyurib, tumanda 5 ta tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan edi. Davlat rahbari mazkur mahallaga tashrifi chog‘ida hududda joylashgan 27-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Fazilat Yoqubova o‘zining 5 tashabbus, deb nomlangan she’rini o‘qib bergan edi.
Tadbir doirasida Fazilat Yoqubovaga Prezident sovg‘asi – Cobalt avtomobili topshirildi. 19-Bolalar musiqa va san’at maktabiga ham Prezident sovg‘asi – Isuzu avtobusi berildi.
“Bo‘ston mahallasi aholisi, yoshlarining O‘zbekiston ilm-fan, adabiyot va san’at namoyondalari bilan uchrashuvi davom etmoqda. Prezident sovg‘asini Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Rustam Xolmatov topshirdi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)