O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika bozorlaridagi narx-navoni o‘rganishni davom ettiradi. Respublika bozorlaridagi oziq-ovqat, nooziq ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 2019-yil 16-iyun holatidagi narxlari o‘rganildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mol go‘shti
28 000 so‘mdan – 42 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 28 000 so‘mdan – 40 000 so‘mgacha sotilmoqda.
Bir kilogramm mol go‘shti uchun eng qimmat narx Samarqand shahri “Siyob” bozorida qayd etilgan – 41 000 – 42 000 so‘m.
Qo‘y go‘shti
32 000 so‘mdan – 43 000 so‘mgacha
Eng arzon narx 1 kilogramm qo‘y go‘shti uchun poytaxtning “Mirobod”, “Farxod”, “Chorsu” hamda “Qo‘yliq” bozorlarida qayd etildi. Bu yerda siz 1 kilogramm qo‘y go‘shtini 32 000 dan 42 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx bu haftada ham Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 kilogramm qo‘y go‘shti – 40 000 dan 43 000 so‘mgacha.
Tovuq go‘shti
11 000 so‘mdan – 20 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 11 000 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha.
Eng qimmat narxdagi tovuq go‘shti esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar Markaziy dehqon bozori va Toshkentdagi “Mirobod” dehqon bozorida kuzatildi – 14 000 – 20 000 so‘m.
Guruch
3 500 so‘mdan – 14 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkentning “Farhod” dehqon bozorida qayd etilgan – 3 500 – 12 000 so‘m.
Eng qimmat narx esa Jizzax shaxri Markaziy dehqon bozori, Namanganning “Sardoba” dehqon bozori, Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozori hamda Toshkentning “Chorsu” dehqon bozorida kuzatilgan – 4 000 – 14 000 so‘m.
O‘simlik yog‘i
7200 so‘mdan – 14000 so‘mgacha
Eng arzon o‘simlik yog‘i Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi. Bu yerda siz o‘simlik yog‘ini 8 500 so‘mdan – 12 000 so‘mgacha xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida qayd etilgan – 9 000 dan 13 500 so‘mgacha.
Un
1 750 so‘mdan – 4 900 so‘mgacha
Eng arzon narxdagi un Toshkentdagi “Farxod” bozorida kuzatildi. Bu yerda siz 1 kilogramm oliy navli un uchun 2 200 so‘m to‘lashingiz zarur bo‘ladi.
1-navli unning kilogrammi uchun eng arzon narx Toshkentdagi “Mirobod”, “Farxod”, “Chorsu”va “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi — bu summa 1 750 so‘mni tashkil qilmoqda.
Eng qimmat narx 1 kilogramm oliy navli un, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 so‘m.
1-navli unning kilogrammi uchun esa eng qimmat narx Sirdaryoning Guliston shahri Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 4 800 so‘mgacha.
Shakar
4 500 so‘mdan – 6000 so‘mgacha
Eng arzon narx Toshkent shahridagi “Mirobod” va “Yunusobod” dehqon bozorlarida kuzatildi – 4 500 – 5 200 so‘m.
1 kilogramm shakar uchun Respublikadagi eng qimmat narx Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida qayd etildi – 5 000 – 6 000 so‘m.
Tuxum
350 so‘mdan – 700 so‘mgacha
Respublika bozorlarida 1 dona tovuq tuxumini o‘rtacha 350 - 700 so‘mdan xarid qilishingiz mumkin.
Kartoshka
1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha
Eng arzon narx poytaxtdagi “Chorsu”, “Farxod”, Farg‘ona Markaziy dehqon bozori, Andijondagi Yangi shahar bozori va Nukus shahar Markaziy dehqon bozorlarida qayd etildi – 1 000 so‘mdan – 3 000 so‘mgacha.
1 kilogramm kartoshka uchun eng qimmat narx poytaxtdagi “Chorsu”, Guliston shahar Markaziy dehqon bozori, Buxoro shahar Markaziy dehqon bozori, hamda Nukus shahar Markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 000 – 3 000 so‘mgacha.
Pomidor
1 300 so‘mdan – 6 000 so‘mgacha
Eng arzon narx Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar markaziy dehqon bozorida kuzatildi – 1 300 so‘mdan – 2 500 so‘mgacha.
Eng qimmat narx esa poytaxtdagi “Chorsu” hamda “Qo‘yliq” dehqon bozorlarida qayd etildi – 4 000 – 6 000 so‘mgacha.
Xo‘jalik sovuni
800 so‘mdan – 3500 so‘mgacha
Eng arzon narx Namangandagi “Sardoba” dehqon bozorida kuzatildi. Ushbu bozorda siz xo‘jalik sovunini 800 so‘mdan (3 500 so‘mgacha) xarid qilishingiz mumkin.
Eng qimmat narx Jizzax shahri Markaziy dehqon bozori, Namangan shahri “Sardoba” dehqon bozorida va Toshkentdagi “Yunusobod” dehqon bozorida qayd etildi – 800 – 3 500 so‘m.
Izoh (0)