FIFA tashkiloti milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
So‘nggi bor aprel oyida e’lon qilingan reytingga qaraganda kuchli o‘nlikda bir qancha o‘zgarishlar ro‘y bergan. Portugaliya 5-o‘ringa, Ispaniya esa 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bundan avvalgi reytingda 6-o‘rinni egallagan Urugvay 8-pog‘onadan joy olgan.
Mazkur reytingda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z mavqeini yaxshilab oldi. O‘zbekiston 1286 ochko jamg‘argan holda reytingda 3 pog‘ona yuqoriladi va 82-o‘rinni band qildi.
FIFA reytingi:
- 1. Belgiya — 1746 ochko
- 2. Fransiya — 1718
- 3. Braziliya — 1681
- 4. Angliya — 1652
- 5. Portugaliya — 1631
- 6. Xorvatiya — 1625
- 7. Ispaniya — 1617
- 8. Urugvay — 1615
- 9. Shveysariya — 1605
- 10. Daniya — 1589
- …
- 20. Eron — 1518
- 28. Yaponiya — 1496
- 37. Janubiy Koreya — 1467
- 43. Avstraliya — 1436
- 55. Qatar — 1396
- 67. BAA — 1360
- 69. Saudiya Arabistoni — 1342
- 73. Xitoy — 1333
- 77. Iroq — 1315
- 82. O‘zbekiston — 1286
- 85. Suriya — 1278
- 86. Ummon — 1277
- 86. Livan — 1277
- 95. Qirg‘iziston — 1252
- 96. Vyetnam — 1232
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)