Rossiyalik qo‘shiqchi Dmitriy Bilan mashinasi buzilib qolganligi sabab uch soat Moskva yaqinidagi trassa bo‘ylab piyoda yurishga majbur bo‘ldi. Bu haqda qo‘shiqchi o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Foto: Instagram

“Issiq, chang yo‘llar va artistga yordam berish uchun to‘xtamaydigan mashinalar. Rejadan tashqari sayr o‘zimni oddiy odamdek his qilishimga yordam berdi”, — deb yozadi qo‘shiqchi.

Taniqli qo‘shiqchi nega taksi yoki o‘zining minglab muxlislarini yordamga chaqirmagani noma’lum. Balki bu kabi sayrlar “miyani tozalab”, yulduzlik kasalining rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka olib kelar.