12-iyun kuni soat 18.18 da Toshkent shahrining Uchtepa tumani, Qo‘shilish ko‘chasidagi 6 va 8-uylarning tomidagi alangalanish haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: “Exo Uzbekistana”

Soat 18.21 da voqea joyiga yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib keldi. Soat 18.48 da yong‘in bartaraf etildi va 18.58 da to‘liq o‘chirildi.

Hodisa tufayli 6-uy tomining 50 kvadrat metri va 8-uyning 60 kvadrat metri yonib ketdi. Qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.