Belgiya terma jamoasi Yevro-2020 saralashi doirasida Shotlandiyani mag‘lub etdi (3:0).

Foto: FIFA

Uchrashuvda “Manchester Yunayted”ning 26 yoshli hujumchisi Romelu Lukaku dublga erishdi. Bu uning terma jamoa safida so‘nggi 6 ta o‘yindagi 7-goli bo‘ldi, deb yozadi Opta.

Lukakuning terma jamoadagi o‘yinlari soni 24 taga yetdi. Gollari soni esa 21 tani tashkil etmoqda.

Belgiya terma jamoasi “I” guruhida 12 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!