Forbes jurnali dunyoning eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilar ro‘yxatini ma’lum qildi.
Kuchli uchlikni futbolchilar band qilgan.
Birinchi o‘rin “Barselona” hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi. Argentinalik futbolchining 2018-yil iyunidan 2019-yilning iyuniga qadar bo‘lgan daromadi 127 million AQSh dollariga baholanmoqda.
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu (109 million) 2-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, 3-pog‘onani PSJ hujumchisi Neymar (105 million) band qildi.
Umumiy hisobda 100 nafar eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilardan 12 tasini futbolchilar tashkil etadi.
Eng ko‘p haq to‘lanadigan sportchilar ro‘yxati:
- 1. Lionel Messi (“Barselona”) — 127 million AQSh dollari
- 2. Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”) — 109
- 3. Neymar (PSJ) – 105
- 4. Saul Alvares (boks) — 94
- 5. Rojer Federer (tennis) — 93,4
- 6. Rassell Uilson (“Sietl”, amerikacha futbol) — 89,5
- 7. Aaron Rojers (“Grin-Bey”, amerikacha futbol) – 89,3
- 8. Lebron Jeyms (“Leykers”, basketbol) — 89
- 9. Stefen Karri (“Golden Steyt”, basketbol) — 79,8
- 10. Kevin Dyurent (“Golden Steyt”, basketbol) — 65,4
- 44. Pol Pogba (“Manchester Yunayted”) — 33
- 46. Andres Inyesta (“Vissel Kobe”) — 32,5
- 53. Aleksis Sanches (“Manchester Yunayted”) — 30,8
- 55. Kilian Mbappe (PSJ) — 30,6
- 57. Mesut O‘zil (“Arsenal”) — 30,2
- 66. Oskar (“Shanxay Telleys”) — 29
- 75. Antuan Grizmann (“Atletiko”) — 27,7
- 79. Garet Beyl (“Real”) — 27,1
- 98. Muhammad Saloh (“Liverpul”) — 25,1
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)