Avval xabar berganimizdek, 10-iyun kuni Namanganda kuchli yomg‘ir yog‘ib, shaharning katta qismi suv ostida qoldi.

Foto: “Namanganliklar”

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan foto va videolarga ko‘ra, shahar markazidagi avtomobil yo‘llari, mahallalardagi ko‘chalar, shuningdek, ko‘p qavatli uylar podyezdlari suvga to‘lgan.

Shuningdek, yomg‘ir paytida oraliq masofani saqlamaslik tufayli 3 ta mashina ishtirokida YTH ham sodir bo‘lgan.