Bugun, 10-iyun kuni Namanganda kuchli yomg‘ir yog‘ib, shaharning katta qismi suv ostida qoldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, shahar markazidagi avtomobil yo‘llari, mahallalardagi ko‘chalar, shuningdek, ko‘p qavatli uylar podyezdlari suvga to‘lgan.