12-iyundan 14-iyungacha Toshkentda oltnchi xalqaro KAMKA an’anaviy mintaqaviy forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Spot xabar berdi.
KAMKA forumi — Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy taraqqiyotni rag‘batlantirish bo‘yicha mintaqaviy muloqotni rivojlantirishga qaratilgan nodavlat va partiyaviy bo‘lmagan tadbir.
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbir “KAMKA: umumiy manfaatlar, umumiy intilishlar” mavzusida bo‘lib o‘tadi.
Forumda hududlararo savdo, transport va tranzit, mintaqaviy biznes va sarmoya, iqtisodiy rivojlanish, tadbirkorlik va innovatsiya, inson kapitali va ta’lim sohasida yalpi majlis, hisobot va muhokamalar bo‘lib o‘tadi.
Forumda 80 dan ortiq nufuzli spikerlar va ekspertlar, shuningdek, mintaqaning 20 dan ortiq davlatidan 300 dan ortiq vakillar ishtirok etadi.
Asosiy ma’ruzachilar:
- Sodiq Safoyev, Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari;
- Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston Adliya vaziri;
- Georgiy Kvirikashvili, Gruziya sobiq bosh vaziri;
- va boshqalar.
Izoh (0)