Ispaniya oliy sudi diktator Fransisko Frankoning jasadini Qurbonlar vodiysi memorial kompleksidan chiqarib tashlash jarayonini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Mamlakat hukumati buni 10-iyun kuni amalga oshirishni rejalashtirgandi.
Sud Frankoning 7 nafar nevarasini bu ish bo‘yicha uzil-kesil qaror chiqarilgunga qadar jarayonni to‘xatib turish haqidagi iltimosini qondirdi.
Rasmiylar fuqarolar urushi qurbonlari memoriali markazida diktatorning qabri joylashgani jamiyatda ixtilofga sabab bo‘lishini bildirmoqda.
Izoh (0)