Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Rossiya rahbari Vladimir Putin — uning eng yaqin do‘sti ekanligini e’tirof etdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning aytishicha, ular olti yil ichida qariyb 30 marta uchrashgan.
“Rossiya men eng ko‘p tashrif buyuradigan chet davlat”, — dedi u.
Si Szinpinning qo‘shimcha qilishicha, muzokaralar juda samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan.
Putin, o‘z navbatida, Si Szinpinga Moskva hayvonot bog‘iga berilgan ikkita panda uchun minnatdorlik bildirib, buni ishonch va do‘stlik ishorasi deb atadi.
Izoh (0)