Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda. Ularda mamlakat xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan. Bu haqda Prezidentning rasmiy-veb saytida xabar berildi.
Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:
Qozog‘istonning birinchi prezidenti — Elboshi Nursulton Nazarboyev;
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev;
Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;
Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon;
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev;
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi – Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;
Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, Ichki ishlar vaziri Sayf bin Zoid Ol Nahayon.
Qutlovlar kelishi davom etmoqda.
Izoh (0)