“Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk Yevropa Chempionlar Ligasi finalida “Tottenhem”ga qarshi o‘yinning (2:0) eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi, deya xabar berildi UEFAning rasmiy saytida.
Laureatni aniqlashda Devid Moyes, Garet Sautgeyt va Roberto Martines kabi murabbiylarlardan tashil topgan UEFA texnik kuzatuvchilari ishtirok etdi.
“Van Deyk maydonda haqiqiy yetakchi sifatida to‘p surdi va “Liverpul”ning eng yaxshi himoyachisi bo‘ldi. U kerakli vaziyatlarda to‘pni nazorat qila oldi va o‘yin yakuniga qadar sovuqqonlik bilan harakat qildi”, — deydi texnik kuzatuvchilar boshlig‘i Tomas Shaaf.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)