Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Kseniya Sobchak O‘zbekistonga safari taassurotlari bilan bo‘lishishda davom etmoqda.

Foto: Instagram / @xenia_sobchak

“O‘zbekiston — ajoyib madaniyat. Birinchidan, bu yerda Yaponiyada bo‘lgani kabi senga ‘yo‘q’ deya olishmaydi. Ikkinchidan, bu yerda o‘zingizni haqiqiy sharqona ertakka tushib qolgandek his etasiz. Uchinchidan, agar siz menga o‘xshab keramika va qo‘lda bezak berilgan matolarni yaxshi ko‘rsangiz, siz bu yerga kelishingiz kerak. Iliq qabul va iltifot uchun rahmat!”, — deb yozadi Kseniya Sobchak.