Mauritsio Sarri “Chelsi” bosh murabbiyligidan ketadi.
Jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, italiyalik murabbiy yaqin kunlarda Angliya klubidan iste’foga chiqadi hamda Massimiliano Allegri ketganidan so‘ng o‘ziga yangi bosh murabbiy izlayotgan Turinning “Yuventus” klubi bosh murabbiyi bo‘ladi. 60 yoshli mutaxassining agenti Fali Ramadani “Chelsi” rahbariyati bilan Londonda uchrashgan va klub Sarrini qo‘yib yuborishga rozilik bergan. Mutaxassisning o‘zi ham Turin klubiga o‘tishga rozi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, “aristokratlar” uning qo‘l ostida debyut mavsumidayoq Yevropa Ligasi g‘olibiga aylandi hamda Angliya Premyer ligasida 3-o‘rinni egalladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)