Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaga qarashli “Novaport” kompaniyasi O‘zbekistonning Samarqand, Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Foto: “Uzairways.com”

Foto: “Uzairways.com”

“Novaport” Uzbekistan Airways’ga tegishli bo‘lgan yuqoridagi uch aeroportni modernizatsiya qilish va rivojlantirish bilan shug‘ullanadi.

Qayd etilishicha, holding kapitalda ishtirok etish uchun da’vogar emas: gap konsessiya haqida ketmoqda: “Konsalting kompaniyalari shartlarni ishlab chiqish uchun jalb qilinadi, ish to‘rt oy davom etadi”. Holding na investitsiyalar hajmini, na o‘zgarishlar ko‘lamini oshkor qilmagan.

Samarqand aeroporti birinchi navbatda rekonstruksiya qilinishi kerak: 2022-yilda shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini qabul qiladi. Namangan va Urganch aeroportlarini modernizatsiya qilish uchun ko‘proq vaqt ajratildi: taxminan besh yil.

Ta’kidlash joizki, “Novaport” kompaniyasi Rossiyadagi 16 ta aeroportni boshqaradi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)