Qirg‘iziston jazoni ijro etish muassasalarida 340 nafar xorijiy fuqaro jazo muddatini o‘tamoqda. Bu haqda Sputnik xabar qiladi.
Hozirgi vaqtda qamoqxonada 9,3 ming kishi jazo o‘tamoqda, ulardan 340 nafari xorijiy fuqarolardir.
Mahkumlarning eng ko‘p sonini O‘zbekiston fuqarolari (32,7%), Tojikiston (24,5%), Rossiya (19%), Qozog‘iston (16,9%), Turkiya (2,6%) va Xitoy (0,5%) tashkil qiladi.
Izoh (0)