Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o‘qituvchisi R.A. va Zangiota tumanidagi 39-sonli maktab o‘qituvchisi M.R. qo‘lga olindi.
Ular fuqaro A.U.dan jiyani J.T.ni ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 7 000 AQSH dollarini talab qilib olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan R.A. va M.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)